Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Respublika media loyihasini eʼlon qiladi.
Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishlari mumkin. Fotosuratlar faqatgina Oʻzbekiston hududida suratga olingan boʻlishi kerak. Bitta ishtirokchidan ko‘pi bilan uchta fotosurat qabul qilinadi.
Fotosuratlar mualliflari uchta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi: "Eng go‘zal mamlakat", "O‘zbek tsivilizatsiyasi", "Mening shahrim hayoti". Eng yaxshi suratlar tanlov ekspozitsiyasiga kiritiladi, laureatlar Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.