Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad — oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kurslarida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.
Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida stajirovka oʻtaydi.
Stajirovka uch bosqichga boʻlinadi:
- tayyorlov;
- asosiy;
- hisobotlarni topshirish va baholash.
Stajirovka jarayoni qanday boʻlishi haqida, dastur haqidagi umumiy maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.