Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi raqamli huquq mohiyatini ochib beruvchi eng yaxshi material uchun “Mening raqamli huquqlarim” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar orasida raqamli huquqlar tushunchasini targʻib qilish, ijodkor yoshlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hamda raqamli huquqlarga qiziqishni oshirishdan iboratdir.
Tanlov uch bosqichda boʻlib oʻtadi va natijalar 2022-yilning 30-iyun kuni eʼlon qilinadi. Tanlov natijasida 1 kishi 1-oʻrin uchun, 2 kishi 2-3-oʻrinlar taqdirlanadi. Shuningdek, 3 kishi qoʻshimcha mukofotlar bilan taqdirlanadi. Dastur soʻnggida sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalar taqdim etiladi.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.