Tavsif
Joriy yilning 1 va 2 oktyabr kunlari “Oʻzbekkosmos” agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Universal Bank, Innovatsion rivojlanish vazirligi, IT Park va Sehriyo maktabi bilan birgalikda Inno Texnoparkda mahalliy tanlovda gʻoliblikka daʼvogarlarni kutib oladi. “Oʻzbekkosmos” agentligi NASA Space Apps Tashkent kabi xalqaro tadbirni ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazayotganligidan faxrlanadi. NASA SPACE APPS CHALLENGE dunyodagi eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan talabnoma beruvchilar soni va sohada eng koʻp yechimlarga ega boʻlgan muvaffaqiyatli shahar xakatonlaridan biri boʻlib kelmoqda.
Tadbirda ishtirok etayotgan jamoalar va yakka tartibdagi ishtirokchilar kosmik tadqiqotlar missiyalarini ilgari surish va yerdagi hayotni yaxshilash kabi muammolarini hal qilishadi. Dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirishga intilayotgan va global muammolarning yechimlarini ishlab chiqishga eʼtiborini qaratganlar uchun maʼlumotlar ochiq dasturlash kodi yordamida taqdim etiladi. Tanlovning ushbu bosqichidan oʻtganlar uning AQShda boʻlib oʻtadigan va NASA tomonidan saralanadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.