Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari uchun yagona namunadagi milliy formali kiyim rusumini ishlab chiqish boʻyicha koʻrik-tanlovni eʼlon qiladi.
Koʻrik-tanlovning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kuch va qudratini aks ettiradigan, oʻzida boy tariximizni ifoda etadigan, zamonaviy harbiy xizmatchining koʻrinishini ifodalaydigan, qulaylikni taʼminlaydigan hamda mintaqamizning iqlim sharoitlariga mos boʻlgan yangi koʻrinishdagi milliy harbiy kiyim rusumini yaratish va Qurolli Kuchlar imijini ifoda etadigan, betakror badiiy yechimga ega boʻlgan, yuksak estetik talab darajasida yaratilgan harbiy kiyim rusumining eng yaxshi loyihasini tanlab olishdir.
Koʻrik-tanlov bir bosqichda oʻtkaziladi. Koʻrik-tanlov quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshi milliy formali kiyim rusumi toʻplami boʻyicha oʻtkaziladi (bayramona va kundalik (qishki va yozgi)):
- Generallar tarkibi uchun;
- Kontrakt boʻyicha ofitserlar tarkibi uchun;
- Kontrakt boʻyicha oddiy askarlar va serjantlar tarkibi uchun;
- Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi ayollar tarkibi uchun.
Koʻrik-tanlovda 16 yoshdan katta boʻlgan havaskor, professional rassom va dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin. Gʻoliblar рul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Dasturga ariza toрshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 30-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.