Tavsif
2023-yil 27-dekabr kuni Turkiyadagi TÜBA va Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi (TÜBİTAK) oʻrtasida imzolangan shartnomaga asosan, Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida doktorantura davomida va undan keyin ilmiy va texnologik hamkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan TÜBA-TÜBİTAK Oʻzbekiston Aziz Sanjar tadqiqot stipendiya dasturi taqdim etiladi. Ushbu stipendiya doktorant va post-doktorantlar uchun 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Grant beriladigan yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
- Basic Sciences (Biology, Physics, Chemistry, Mathematics, Molecular Biology and Genetics);
- Engineering Sciences;
- Astronomy, Earth and Space Sciences;
- Information Technologies;
- Agricultural Sciences (Agriculture, Food, Animal Husbandry, Veterinary Medicine);
- Social Sciences (International Relations, Political History, Educational Sciences).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.