Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va SATREPS-2020 loyihasi koordinatorlari “The Project for Development of Innovative Climate Resilient Technologies for Monitoring and Controlling of Water Use Efficiency and Impact of Salinization on Crop Productivity and Livelihood in Aral Sea region” (“Orol mintaqasi shoʻrlanishiga qarshi kurashish va yerdan foydalanish unumdorligini oshirish uchun suv resurslaridan unumli foydalanishni monitoring qilish va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi”) Oʻzbekiston tadqiqot guruhlari oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-sonli “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy jamoalar tanlovda qatnashish uchun Yaponiyalik hamkorlari bilan oʻzaro kelishuv va loyiha maqsadlari doirasida ariza berishlari kerak.
Ushbu loyiha iqlim oʻzgarishini kuzatish markazini tashkil etishni, meteorologik monitoringni oʻtkazishni, shuningdek, Orol dengizi hududida suv taʼminoti cheklangan sharoitda mahalliy jamoatchiliklarning farovonlik darajasini koʻtarish va yerlarning hosildorligini oshirish maqsadida shoʻrlanish bilan kurashish uchun qishloq xoʻjaligida yangi texnologiyalarni joriy etishni koʻzda tutadi.
Tanlov haqida batafsil bu yerda.