O'zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkillashtirilayotgan, yoshlarda til o'rganishni qo'llab-quvvatlovchi "Ibrat tillar oromgohi". Oromgoh xarajatlari Agentlik tomonidan qoplanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Iyn, 2021 · Muddat tugagan

O'zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkillashtirilayotgan, yoshlarda til o'rganishni qo'llab-quvvatlovchi "Ibrat tillar oromgohi". Oromgoh xarajatlari Agentlik tomonidan qoplanadi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

O'zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi yoshlar xohlishlarini inobatga olgan holda urli tillardan yoshlar uchun «Ibrat tillar oromgohi»ni bosqichma-bosqich tashkil etmoqda.

IBRAT LANGUAGE CAMP yozgi oromgohi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun:
- chet tillari bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
- yoshlar bilan amaliy ish tajribasini almashish;
- xorijiy tillarda so’zlashuvchi yoshlar hamjamiyatini yaratish maqsadlarida tashkil etiladi.

1. Oromgoh bepul. Faqat yo’l xarajatlarini o’zingiz qoplaysiz. Qolgan barcha xarajatlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.

2. Oromgohga qabul qilishda rasmiy sertifikatlar majburiy emas. Tilni bilish darajangiz minimum B1 (4.0,4.5,5.0)bo’lishi kerak. Bu baholarni tasdiqlovchi sertifikat bo’lmagan taqdirda ham, insho va suhbat orqali sizdan alohida sinov imtixoni olinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan istalgan yoshlar
  • Ingliz tilidan B1 darajaga ega bo'lishlari kerak
  • Hujjat topshirish paytida til sertifikati (IELTS va h.k) talab qilinmaydi

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Oromgoh bepul. Yo’l xarajatlaridan boshqa barcha xarajatlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.

Topshirish jarayoni

  • Ro'yxatdan o'tish @ibratcamp_bot orqali amalga oshiriladi;
  • Botdan ro'yxatdan o'tgandan so'ng onlayn arizani to'ldirish kerak. Unda quyidagi hujjatlarni topshirish va savollarga javob berish kerak:
  • Rezume
  • "What do you like about IBRAT LANGUAGE CAMP, and what do you think you’d be able to bring to our camp?" va "Tell us about a time when you faced with a challenge in your life and how you overcame the problem?" savollarining har biriga maksimum 250 ta so'zli insho yozish

 

Qo'shimcha ma'lumot

Ro'yxatdan muvoffaqiyatli o'tgan har bir yosh bilan 11-12-13-iyun kunlari onlayn suhbat boʻlib oʻtadi.

Natijalar 15-iyun kuni e'lon qilinadi.

Saralab olish talablariga ko'ra, eng yaxshi insho yozgan va suhbatdan muvafaqqiyatli oʻtgan yoshlar oromgohda ingliz tilidan chuqurlashtirilgan shaklda malaka oshirish imkoniga ega boʻladilar.

@ibratcamp_uz

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 25

O‘zbekiston O'zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkillashtirilayotgan, yoshlarda til o'rganishni qo'llab-quvvatlovchi "Ibrat tillar oromgohi". Oromgoh xarajatlari Agentlik tomonidan qoplanadi
09 Iyn, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.