Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi. Bosh sovrin - BHMning 200 baravarigacha pul mukofoti
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi. Bosh sovrin - BHMning 200 baravarigacha pul mukofoti

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Davlatimiz rahbarining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi “Yilning eng yaxshi asari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Mamlakatimizda adabiyot sohasidagi islohotlarni hayotga joriy etish, badiiy ijodni rivojlantirish va adiblarni yangi asarlar yaratishga ragʻbatlantirish, ijodkor mehnatini munosib taqdirlash maqsadida oʻtkazilayotgan tanlovda adabiy janrlar va yoʻnalishlar boʻyicha badiiy jihatdan yuksak, kitobxonlar estetik didini yuksaltiradigan, ularga maʼnaviy ozuqa bagʻishlaydigan mukammal asarlar tanlab olinadi.

Tanlov badiiy adabiyotning beshta – nasr, sheʼriyat, dramaturgiya, badiiy tarjima, adabiy tanqid va badiiy publitsistika yoʻnalishlarida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, professional adiblar ishtirok etishlari mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berish lozim:

  • Tanlovda adabiyotning nasr, sheʼriyat, dramaturgiya, badiiy tarjima, adabiy tanqid va badiiy publitsistika yoʻnalishlarida ijod qiluvchi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, professional adiblar ishtirok etishi mumkin.

Asarga qoʻyilgan talablar:

  • Ijodiy ishlar badiiy adabiyotning beshta – nasr, sheʼriyat, dramaturgiya, badiiy tarjima, adabiy tanqid va badiiy publitsistika yoʻnalishlaridan biriga tegishli boʻlishi lozim;
  • 2021-yilning 1-yanvaridan 10-dekabrigacha gazeta va jurnallar, nashriyotlarda chop etilgan, adabiy jamoatchilik va keng kitobxonlar ommasi eʼtirofiga sazovor boʻlgan yangi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilingan yangi tarjimalari hamda jahon adabiyoti durdonalaridan oʻzbek tiliga tarjima qilingan yangi tarjima asarlari tanlov uchun taqdim etilishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda bosh mukofot sohibi (1 nafar) maxsus diplom, statuetka, bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

  • Abdulla Qodiriy nomidagi “Eng yaxshi nasriy asar” uchun (shu janrdagi bir asar muallifiga beriladi);
  • Hamid Olimjon nomidagi “Eng yaxshi sheʼriy asar uchun” (shu janrdagi bir asar muallifiga beriladi);
  • Abdulhamid Choʻlpon nomidagi “Eng yaxshi tarjima asari uchun” (shu janrdagi bir asar muallifiga beriladi);
  • Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi “Eng yaxshi dramatik asar uchun” (shu janrdagi bir asar muallifiga beriladi);
  • Abdurauf Fitrat nomidagi “Eng yaxshi adabiy-tanqidiy va publitsistik toʻplam uchun” (shu janrdagi bir asar muallifiga beriladi).

Ushbu gʻoliblarning barchasi diplom, statuetka, bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

Topshirish jarayoni

Ijodkorlar 2021-yilning 1-yanvaridan 10-dekabrigacha gazeta va jurnallar, nashriyotlarda chop etilgan, adabiy jamoatchilik va keng kitobxonlar ommasi eʼtirofiga sazovor boʻlgan yangi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilingan yangi tarjimalari hamda jahon adabiyoti durdonalaridan oʻzbek tiliga tarjima qilingan yangi tarjima asarlarini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi Ishchi guruhiga taqdim etishlari mumkin.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, Аdiblar xiyoboni.

Tanlovga tavsiya etilgan asarlarga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:

  • Adibning ijodiy faoliyati haqida qisqacha maʼlumotnoma (obyektivka);
  • Manzili va telefon raqami;
  • Pasport nusxasi.

Qo'shimcha ma'lumot

Gʻoliblar shu yil dekabr oyining uchinchi oʻn kunligida Toshkent shahridagi “Turkiston” sanʼat saroyida oʻtkaziladigan taqdimot marosimida eʼlon qilinadi va taqdirlanadi. Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

Batafsil maʼlumot uchun::

Tel: 71 2318349, 71 2318365, 71 2318370

Manzil: Oʻzbekiston, 100066, Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi. Bosh sovrin - BHMning 200 baravarigacha pul mukofoti
09 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.