Iqtidorli talabalar uchun “Men — jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Iqtidorli talabalar uchun “Men — jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi “Men — jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovini eʼlon qiladi. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi koʻmagida amalga oshirilmoqda. Tanlov onlayn shaklda oʻtkaziladi.

Tanlovdan asosiy maqsad yosh avlod vakillarini jadid bobolarimiz ilmiy merosi, faoliyatini oʻrganish va tahlil qilishga chorlash, maʼrifat va vatanparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etishdir.

Tanlov komissiyasi aʼzolari ishni ikki bosqichda koʻrib chiqadilar:

  • Birinchi bosqich — belgilangan mezonlarga javob beradigan insholarni tanlash;
  • Ikkinchi bosqich — saralangan ishlarni baholash va tanlov gʻoliblarini aniqlash.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin;
  • Tanlov ishlari oʻzbek, ingliz yoki rus tillarida taqdim etilishi kerak;
  • Faqat yakka tartibda tayyorlangan ishlar qabul qilinadi;
  • Har bir ishtirokchi tanlovga bitta ishni taqdim etish huquqiga ega.

Ijodiy ishga qoʻyilgan talablar:

  • Ish insho janriga mos kelishi kerak (Insho ijodiy mini-kompozitsiya boʻlib, unda ishtirokchi jadid bobolarimiz ilmiy merosi, faoliyatini oʻrgangan holatda, oʻz qarashlarini bayon etishi lozim);
  • Inshoda yosh avlod vakillariga maʼrifat va vatanparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida jadid bobolarimizning ahamiyati ochib berilishi kerak;
  • Insho mualliflik mahsuloti sifatida taqdim etilishi, unda toʻliq yoki qisman plagiat elementlari mavjud boʻlmasligi lozim;
  • Iqtibos manbalarining barcha maʼlumotlari (muallif, asar nomi, nashr etilgan shahar, nashriyot (davriy nashr), chop etilgan yili (nashr raqami, sahifalar) bilan izohlar shaklida koʻrsatiladi.

Ijodiy ishlarga qoʻyilgan texnik talablar:

  • Ish hajmi: 8000 soʻzgacha (boʻshliqlar bilan birga);
  • A4 formatidagi qogʻozga, kitob shaklida;
  • 14 kegel, shrift turi — Times New Roman, qator oraligʻi – 1,5;
  • Format: chapda 3 sm, yuqorida va pastda -2 sm, oʻngda — 1,5 sm;
  • Tuzilmasi: kirish — asosiy qism — xulosa;
  • Tanlov nomi sarlavhaning – oʻngida;
  • Sarlavha: sahifaning oʻrtasida (oʻngdagi sarlavha ostida muallifning ismi);
  • Ish elektron shaklda PDF formatidagi faylda topshirilishi kerak;
  • Ishga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fayl ilova qilinishi kerak: familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq); taʼlim muassasasining nomi, kursi, manzili, mobil telefon raqami; elektron pochta.

Eslatma: Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan ishlar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Tanlov gʻoliblari, laureatlar va nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan maxsus diplom va mukofotlar beriladi;
  • Tanlov gʻoliblari va laureatlari oʻz ishlarini markazning veb-saytida chop etish huquqiga ega boʻladilar.

Eslatma: Hakamlar hayʼati “Eng namunali insho” va “Eng kreativ insho” nominatsiyalarni joriy etish huquqiga ega. Bundan tashqari tanlov hayʼati qoʻshimcha nominatsiyalar va mukofotlarni belgilashi mumkin.

Maʼlumot uchun: Ekspertlar xulosasiga koʻra, 1-3 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari, 4-5 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar laureatlar hisoblanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar arizalarini elektron shaklda info@scocenter.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Muhim: Mavzu qismida “Men jadidlar avlodi” iborasi koʻrsatilishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga insholar topshirish uchun oxirgi muddat: 30-mart, 2024-yil;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 15-aprel, 2024-yil;
  • Tel: (99871) 202 08 60/61/62/63/64;
  • Manzil: Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi 100100, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 45-uy.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Iqtidorli talabalar uchun “Men — jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovi
29 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.