Tavsif
NNT “Zakovat” intellektual klubi” tashabbusi bilan 2023-yil 18-19-noyabr "Zakovat-Gambit" shaxmat chempionati bo'lib o'tmoqda. Tanlovda faqat O'zbekiston fuqarolari qatnashishi mumki. Yosh va daraja chegarasi mavjud emas. “SKY CHESS” Shaxmat klubi reglamentni tayyorlash, turnir tashabbuskori va ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lish uchun javobgardir.
Turnir ikki bosqichda o'tkaziladi:
- Onlayn saralash (2023-yil 12-noyabr chess.com platformasida)
- Final bosqichi (2023-yil 18-19-noyabr).
Onlayn-turnirda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar 1 soat ichida qo‘shimcha ravishda yuboriladigan havola orqali musobaqaga qo'shiladilar. Har bir guruhda dastlabki 40 o‘rinni egallagan ishtirokchilar (jami 120 nafar ishtirokchi), 17 noyabr 2023y. kuni bo‘lib o‘tadigan “Zakovat-Gambit” yarim final turniriga o‘tadi.
“Zakovat-Gambit” saralash turnirining yakuniy natijalari Antichiter komissiyaning tegishli xulosasi olingandan so‘ng, turnirning rasmiy sayti va kanallarida e’lon qilinadi.
O'yinlar Shveytsariya tizimi va qoida bo'yicha 9 raundda, 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida o'tkaziladi.
Yarim final 17-noyabr, 2023-yilda bo‘lib o‘tadi.
Turnirning barcha ishtirokchilariga qulaylik yaratish uchun, tashkilotchilar tomonidan video-ko‘rsatma, shuningdek, saralash turnirida ishtirok etish bo'yicha bosqichma-bosqich matnli ko‘rsatma taqdim etiladi.
Har bir turnirning dastlabki 20 nafar shaxmatchisi finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Har bir guruh bo'yicha 3 ta g'olibga tegishli pul mukofoti beriladi.
Turnir bo'yicha bafasil ma'lumotni bu yerda o'qish mumkin.