Tavsif
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Reakomp instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tiflosharhlovchilarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi ta’lim grantlarini e’lon qiladi.
Ta’lim dasturi ikki bosqichda: onlayn-ta’lim va Rossiyadagi Reakomp institutida ta’lim shaklida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar Reakomp institutida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan insonlarni o‘qitishga yangi pedagogik yondashuvlarni o‘rganishadi. Dastur ishtirokchilarning barcha asosiy xarajatlarini qoplaydi. Loyiha yakunlangach loyiha ishtirokchilari O‘zbekistondagi teatrlarda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar bilan ish olib boradilar.