Tavsif
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi maktab, kollej va akademik litseyning 15-17 yoshli oʻquvchilarini AQSh oliygohlariga kirish talablari haqida maʼlumot beruvchi EducationUSA Academy Connects dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.
EducationUSA — AQSh Davlat departamentining 175 dan ortiq mamlakatlardagi 430 dan ortiq taʼlim maslahat markazlaridan iborat global tarmogʻidir.
EducationUSA Academy Connects bu oliygohga kirish uchun qisqa muddatli toʻliq onlayn akademik tayyorlov dasturi hisoblanadi. Dastur qatnashchilari AQShning nufuzli oliygohlariga kirish, ularga muvaffaqiyatli hujjat topshirish usullaridan boxabar boʻlish, ushbu universitetlarga virtual tashrif buyurish va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu bilan birga, dastur orqali nomzodlar ingliz tili bilimlarini yana mustahkamlashlari mumkin.
Dasturning 2024-yildagi mavsumi quyidagi oliygohlar tomonidan olib boriladi:
- Boston University (Boston, MA)
- Embry-Riddle Aeronautical University (Daytona Beach, FL)
- Johnʼs University (Queens, NY)
- University of Colorado Boulder (Boulder, CO)
- University of Wisconsin-Madison (Madison, WI)
Dastur davomida ishtirokchilarning barcha xarajatlari AQSh elchixonasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.