Tavsif
O’zbekistondagi AQSH elchixonasi 9-10-sinf o’quvchilari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi lager e’lon qiladi. Lager davomida yangi do’stlar orttirish, ingliz tilini bilish darajangizni rivojlantirish, Amerika haqida yanada ko’proq va qiziqarliroq ma’lumotlar bilish, Samarqandning qadimiy joylariga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Lager 20-iyundan 18-iyulgacha Samarqandda bo’lib o’tadi.