Oʻzbekistondagi bakalavr talabalari uchun AQShning Gʻarbiy Jorjiya universitetida bepul taʼlim olish imkoniyati — Youth Leadership Development Program almashinuv dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
06 Yan, 2023 · Muddat tugagan

Oʻzbekistondagi bakalavr talabalari uchun AQShning Gʻarbiy Jorjiya universitetida bepul taʼlim olish imkoniyati — Youth Leadership Development Program almashinuv dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi va Gʻarbiy Jorjiya universiteti Oʻzbekiston boʻylab talabalar yetakchilari uchun 2023-yil yozida hech qanday toʻlovlarsiz UWG (Gʻarbiy Jorjiya universiteti)da oʻzlarining yetakchilik salohiyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi.

Nomzodlar seminarlarda qatnashish va oʻz jamiyatiga taʼsir koʻrsatgan shaxslar, siyosiy va jamoat yetakchilari, fuqarolik huquqlari, xalqaro biznes va global yetakchilik boʻyicha ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniga ega boʻladilar. Shuningdek, Atlanta va Birmingemdagi mashhur joylarga tashrif buyurishadi va tarixda yaratilgan Amerika fuqarolik huquqlari harakati haqida bilib olishlari mumkin.

Dastur 2023-yil 7-maydan 20-mayga qadar AQShning Jorjiya shtatida boʻlib oʻtadi. Qabul qilingan nomzodlar dasturdan oldin va keyin turli xil mashgʻulotlar bilan band boʻlishadi.

Dasturga 19 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Qabul qilingan qatnashchilarning xarajatlari AQShning Toshkentdagi elchixonasidagi Jamoat diplomatiyasi boʻlimining xayriya granti hisobidan moliyalashtiriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod 19-22 yosh oraligʻidagi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak;
  • Bakalavrning 3-4-kurs talabalari topshirishi mumkin;
  • Ishtirokchilardan ingliz tilini yaxshi bilishlari soʻraladi (TOEFL iBT balli 69 balldan yuqori, IELTS minimum 6.0 yoki PTE minimum 53 ball). Muddati oʻtgan til sertifikatlari ham qabul qilinadi. Til sertifikatiga ega boʻlmagan nomzodlar ushbu havola orqali berilgan bepul TOEFL ga oʻxshash ingliz tili testini topshirishlari va minimum 69 ballni qoʻlga kiritishlari lozim;
  • Yetakchilik salohiyatiga yoki tajribaga ega hamda jamiyat uchun xizmat qilishga tayyor boʻlishi kerak.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlar Gʻarbiy Jorjiya universitetida taʼlim olish huquqiga ega boʻlishadi;
  • Dastur nomzodning barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali berilgan ariza namunasini toʻldirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: agaquere@westga.edu

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 19, Max: 22

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

AQSh Oʻzbekistondagi bakalavr talabalari uchun AQShning Gʻarbiy Jorjiya universitetida bepul taʼlim olish imkoniyati — Youth Leadership Development Program almashinuv dasturi
06 Yan, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.