Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarni #SaferInternetDay doirasidagi tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Gʻolib deb topilgan ishlar Xavfsiz Internet Milliy markazining ramzi va shiori sifatida tan olinadi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini oʻzida mujassam etuvchi milliy ramziy xarakter timsoli(ramzi) va shiorni ishlab chiqishdan iborat. Bular, shuningdek, bolalar va oʻsmirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targʻib qilish boʻyicha tadbirlarda qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bogʻliq shiorni quyidagi shaklda yozish mumkin:
- Shior;
- Ifodalar;
- Iboralar;
- Ikki qator sheʼr;
- Gap.
Tanlov qoidalari va ijodiy ishlar shakli haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy eʼlonda tanishib chiqish mumkin.