Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan universitet talabalari, arxitektorlar hamda dizaynerlar uchun “Og'ma tomlar: Kelajakka nazar" loyihalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Noy, 2022 · Muddat tugagan

Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan universitet talabalari, arxitektorlar hamda dizaynerlar uchun “Og'ma tomlar: Kelajakka nazar" loyihalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Technonicol kompaniyasi dizaynerlar, arxitektorlar, Oʻzbekiston ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlari talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlov mavzusi “Og'ma (baland) tomlar: Kelajakka nazar”

Tanlov asosan 30 yil ichida qurilgan shahar tashqarisidagi individual qurilish tomlarini sifatli va davr talablariga javob beradigan tarzda qurib bitkazishni hamda Oʻzbekiston madaniy merosini asrab-avaylashda aholining barqaror taraqqiyotga intilishini maqsad qilgan.

Dastur gʻolibi grafik dizayn uchun planshetni qoʻlga kiritadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Oʻzbekistonning ixtisoslashgan universitetlari talabalari, arxitektor hamda dizaynerlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin;
  • Dasturda nomzodlar oʻzlarining shaxsiy mualliflik ishlari bilan qatnashishlari zarur.

Dasturga topshiriladigan loyihalar uchun qoʻyilgan talablar:

  • 1-holat: Loyihada tom umumiy maydonining kamida 70% (12 darajadan ortiq) tomlar boʻlishi;
  • 2-holat: Loyihada moslashuvchan kafel TechnoNIKOL Shinglas yoki kompozit plitka TechnoNIKOL Luxarddan tom ustini yopish uchun foydalanish lozim;
  • Ishtirokchilar amalga oshirilgan loyihalar bilan ham, arxitektura konsepsiyalari orqali ham ishtirok etishlari mumkin.

Eslatma: Nomzodlar nafaqat yakka tartibdagi turar-joy binolari uchun ariza topshirishlari mumkin, balki tanlov kam qavatli qurilishning butun spektrini, shu jumladan, blokli turar-joy binolarini, yozgi turar-joylarni, kam qavatli turar-joy binolarini, ijtimoiy va madaniy obyektlarni qamrab oladi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur gʻolibi uchun grafik planshet mukofot sifatida topshiriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali berilgan ariza shaklini toʻldirish lozim.

Ariza topshirishning soʻngi muddati: 2022-yil 30-noyabr

Qo'shimcha ma'lumot

2022-yil 1-dekabrda tanlovning ushbu havola orqali berilgan telegram kanaliga nomzodlarning ishlari joʻnatiladi va ovoz berishga qoʻyiladi.

12-dekabrda tanlov natijalari mazkur telegram kanalda eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan universitet talabalari, arxitektorlar hamda dizaynerlar uchun “Og'ma tomlar: Kelajakka nazar" loyihalar tanlovi
30 Noy, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.