Tavsif
“Поиск общих интересов” (Umumiy manfaatlarni izlash) nodavlat notijorat tashkiloti va “Истиклол Авлоди” (Istiqlol avlodi) nodavlat notijorat tashkiloti mehnat muhojirlari, ularning oilalari va mahalliy hamjamiyat o‘rtasida ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan media-kampaniya doirasida video fayllarni suratga olish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tanlov e’lon qiladi. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida “Umumiy manfaatlar izlash” NNT va “Istiqlol avlod” NNT tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dastur maqsadi:
- Mehnat migrantlarining oilalari va mahalliy hamjamiyatlarda mehnat muhojirlarining xorijga chiqishdan oldin, mehnat migratsiyasida bo‘lish davrida va vatanga qaytgandan keyin tajribasi to‘g‘risida xabardorligini oshirish.
- Ishchi migrantlar va ularning oila a‘zolarini ketishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish va uyga qaytgandan keyin reintegratsiya qilish uchun mavjud yordam va resurslar haqida xabardorligini oshirish.
- Migrantlar va ularning oila a’zolarining mehnat migratsiyasi tajribasi to‘g‘risidagi shaxsiy hikoyalarni tarqatishga ko‘maklashish orqali mehnat migrantlari ularning oilalari va mahalliy jamoalar o‘rtasida ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash.