Tavsif
Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Konsulligi Xalq taʼlimi vazirligi va USAID bilan hamkorlikda yangi 5 yillik dasturni boshlagan: “Oʻzbekiston yoshlarini ish bilan taʼminlash koʻnikmalari” (YES). Dastur doirasida YES logotipini ishlab chiqish bo'yicha tanlov e'lon qilinmoqda. Tanlovda barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin va eng yaxshi logotip O‘zbekiston yoshlarini ish bilan ta’minlash ko‘nikmalari (YES) dasturini rasman namoyish etish uchun tanlanadi.
Qo'lda chizilgan ishlar ham, elektron shaklda yaratilgan ishlar ham qabul qilinadi.
Tanlovning nizomi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
YES qanday dastur?
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi besh yillik «Youth Employment Skills» («YES») dasturi ishga tushirildi. Budjeti 10 mln dollar bo‘lgan dastur maktablarning 8−11-sinf o‘quvchilarini qamrab oladi hamda ularga yetuk mutaxassis va tadbirkor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi. Dastur haiqda batafsil ushbu maqolada o'qish mumkin.