Oʻzbekistonlik bloger, jurnalist va muharrirlar uchun Telegram jurnalistikasi boʻyicha Qozogʻistonda maxsus trening!
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
07 May, 2023 · Muddat tugagan

Oʻzbekistonlik bloger, jurnalist va muharrirlar uchun Telegram jurnalistikasi boʻyicha Qozogʻistonda maxsus trening!

Kurslar To'liq moliyalash

Tavsif

Internyus xalqaro nohukumat tashkiloti Oʻzbekistonda professional jurnalistlar, onlayn media muharrirlari va Telegram OAVlari uchun intensiv “Samarali Telegram jurnalistikasi” treningini tashkil qiladi.

Intensiv trening Oʻzbekiston jurnalistlari, muharrirlari va blogerlariga Telegram kontentining joriy formatlari va auditoriya bilan muloqot qilishning samarali usullarini oʻzlashtirishga yordam beradi. Trening 5 kun boʻladi, qatnashchilar ovqat va turar-joy bilan taʼminlanadi, transport xarajati qoplanadi.

Trening oʻtkazilish muddati: 2023-yil, 22-26-may.

Trening oʻtkazilish joyi: Almati, Qozogʻiston.

Trening murabbiylari:

  • Yuriy Zvyaginsev: muharrir, noshir, prodyuser, Rossiyadan media-trener;
  • Marat Sodiqov: professional fotograf, operator, qozogʻistonlik media-trener.

Trening haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha oʻzbekistonlik professional internet jurnalistlari, blogerlar va muharrirlar qatnashishi mumkin;
  • Yosh va til talabi mavjud emas, darslar oʻzbek tiliga sinxron tarjima qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Qatnashchilar oziq-ovqat, turar-joy bilan ta'minlanadi;
  • Transport xarajatlari qoplanadi;
  • Asosiysi, trening davomida ishtirokchilar mavjud standartlar va usullar bilan har xil turdagi va formatdagi materiallarni yaratish, fotosuratchi, operator va dizaynerlar yordamisiz vizual kontentni muvaffaqiyatli yaratish, marketing va kanalni boshqarish sirlarini o'rganishadi.

Topshirish jarayoni

Treningda ishtirok etish uchun arizalar 7-may, Toshkent vaqti bilan soat 23.00gacha qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun onlayn ariza qoldirish kerak. 

Qo'shimcha ma'lumot

Trening rus tilida olib boriladi, lekin oʻzbek tilida sinxron tarjima ham qilinadi!

Muhim eslatma:

Trening davomida amaliy topshiriqlar boʻladi. Shuning uchun treningning barcha ishtirokchilari shaxsiy kompyuter va smartfonga ega boʻlishi kerak.

Barcha savollarni quyidagi manzilga yuborish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Oʻzbekistonlik bloger, jurnalist va muharrirlar uchun Telegram jurnalistikasi boʻyicha Qozogʻistonda maxsus trening!
07 May, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.