Tavsif
Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Xalqaro Savdo Markazi tomonidan dasturlar boshqaruvi sohasida tadqiqot olib borish uchun ish oʻrinlari eʼlon qilinadi.
Tadqiqotchilarning asosiy vazifasi Oʻzbekistonga qaytib kelayotgan migrantlar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni baholash va ularga koʻmaklashish uchun asos yaratishdan iborat. Dastur savdo va xalqaro biznesni rivojlantirish orqali inklyuziv va barqaror iqtisodiy oʻsish hamda rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tadqiqot olib borish nomzod ishga qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda tugatilishi kerak. Bunda nomzod Oʻzbekistonga qaytib kelgan migrantlarga munosib biznes va ish imkoniyatlarini topishda yordam berish maqsadida tadqiqot olib boradi va olingan natijalarni amaliy tavsiyalar bilan birga batafsil hisobotga jamlaydi.
Maʼlumot uchun: Xalqaro Savdo Markazi global savdo va iqtisodiy rivojlanish bilan shugʻullanadigan tashkilot hisoblanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.