Tavsif
Germaniyaning Free University, Humboldt University va Technical University bilan birgalikda Germaniya Bundestagi har yili 50 ta davlatdan kelgan yosh universitet bitiruvchilariga 120 ga yaqin stipendiya ajratib keladi. Dastur 2025-yil uchun ham qabul boshlanganini e’lon qiladi.
Dastur davomida to'liq ish kunining bir qismi sifatida stipendiya egalari parlament ofisining turli vazifalarini, parlament a'zolarinining qo'mitalar, deputatlik guruhlari va boshqa organlarning yig'ilishlarini kuzatib borish va parlamentning ichki faoliyati, o'zaro aloqalari va protseduralari to'g'risida tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, stipendiya egalari Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan siyosiy fondlar tomonidan tashkil etilgan o'quv seminarlari bilan tanishadilar.