Oʻzbekistonning suv sanoatida professional karyera boshlash imkonini yaratuvchi bepul HOGWARTS X dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Oʻzbekistonning suv sanoatida professional karyera boshlash imkonini yaratuvchi bepul HOGWARTS X dasturi

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

HOGWARTS X suv sanoatiga qiziquvchi nomzodlar uchun 6 kun ichida geografik maʼlumotlar, hududiy siyosatdan tortib ushbu sohadagi ish imkoniyatlarigacha eshik ochuvchi bepul dastur hisoblanadi. Dastur 2026-yilning 9-14-fevral kunlari onlayn shaklda boʻlib oʻtadi va unda sayyoramiz uchun eng muhim resurslardan biri suvga qiziqadigan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur soʻnggida sertifikat taqdim etiladi va bu kurs suv sanoatida professional karyera boshlash imkonini yaratadi. Darslar 6 kun davomida, onlayn, ingliz tilida, soat 21:00-22:00 oraligʻida boʻlib oʻtadi va quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • 1-kun: Geografiya;
  • 2-kun: Isteʼmol;
  • 3-kun: Menejment;
  • 4-kun: Infratuzilma;
  • 5-kun: Odatlar;
  • 6-kun: Kelajak.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda suv sanoatiga qiziquvchi barcha nomzodlar qatnashishi mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Ishtirokchilar sertifikat bilan taʼminlanadi;
  • Kurs suv sanoatida professional karyera boshlash imkonini yaratadi;
  • Dasturlar qulay tarzda onlayn olib boriladi;
  • Darslar sohaning eng yaxshi mutaxassislari tomonidan oʻtiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali kirib, roʻyxatdan oʻtish kifoya qiladi. Onlayn ariza topshirish jarayonida nomzodlardan oʻzlari haqidagi baʼzi maʼlumotlarni kiritish soʻraladi.

Dasturga ariza topshirish uchun yakuniy muddat belgilanmagan, lekin darslar boʻlib oʻtadigan sanagacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻzbekistonning suv sanoatida professional karyera boshlash imkonini yaratuvchi bepul HOGWARTS X dasturi
09 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.