Oʻzbekistonning TOP-100 talaba almanaxi uchun "Ziyоlilar" lоyihasining 2-mavsumi
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Oʻzbekistonning TOP-100 talaba almanaxi uchun "Ziyоlilar" lоyihasining 2-mavsumi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan Oʻzbekistonning eng yaxshi talabalarining hikoyalari, loyihalari va faoliyati haqidagi hikoyalar toʻplanadigan “Oʻzbekistonning TOP-100 talaba lideri” Almanaxi uchun tanlov eʼlon qilindi.

Tanlovda Oʻzbekistonning qayeridan boʻlishidan qatʼi nazar bakalavr va magistratura bosqichida oʻqiydigan, oʻqishdan tashqari katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar oʻz hikoyalari, loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

Faol qatnashgan talabalar “Oʻzbekistonning TOP-100 talaba lideri” qatoriga kiritiladi va Oʻzbekistonning boʻlajak liderlari jamiyatiga qoʻshilish imkoniyatiga ham ega boʻlishadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar hozirda bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi kerak;
  • Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari faoliyatida katta yutuqlarga erishgan muvaffaqiyatli talabalar qatorida boʻlishlari kerak.

Eslatma: avvalgi mavsum g'оliblari qatnasha оlmaydi!

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda faol qatnashish talabalarga bir qator afzalliklar beriladi, xususan:

  • Oʻz faoliyati yoki loyihasini yoritish;
  • Tarixda qоlish;
  • Oʻzbekistonning boʻlajak liderlari jamiyatiga qoʻshilish;
  • Maxsus sertifikat.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun ushbu havоlada keltirilgan anketani tо'ldirish kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov jarayonlari haqida batafsil Ziyo Forum Uz telegram kanalida javob olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻzbekistonning TOP-100 talaba almanaxi uchun "Ziyоlilar" lоyihasining 2-mavsumi
14 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.