Tavsif
Oʻzbekistonning yetakchi IT-kompaniyalari ayol-qizlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturlarini taqdim etadi. Dastur Tech4Impact NNT tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Ushbu dastur mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlishga va oʻzlari stajirovkadan oʻtayotgan kompaniyalarda ishga joylashishga daʼvogarlik qilishga intilayotgan oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari boʻlgan qizlar va ayollar hamda oʻz faoliyatini endigina boshlagan yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan.
Amaliyot dasturlarining koʻpchiligi Toshkentda joylashgan kompaniyalarda oʻtkaziladi. Bir oy davom etadigan dasturda qatnashish uchun jami 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Amaliyot dasturlari 2024-yil oktyabrdan noyabrgacha gibrid rejimda (dastavval onlayn uchrashuvlar va seminarlar, soʻngra 1 oy toʻlanadigan oflayn amaliyotlar) oʻtkaziladi. Noyabr oyida Toshkentda dasturning final tadbiri boʻlib oʻtadi, unda har bir ishtirokchi oʻz amaliyotining natijalarini taqdim etadi va BMTTD ning sertifikatiga ega boʻladi.
Arizalar 2024-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.