Tavsif
Sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2023-2024 oʻquv yili uchun IV stipendiyalar dasturini eʼlon qiladi.
Stipendiya dasturida bakalavrning oxirgi ikki kurs va magistratura talabalari qatnashishlari mumkin. 3 bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o'tganlarga oylik stipendiya, doimiy ish va amaliyot o'tash imkoniyati beriladi.
Dastur bo'yicha batafsil maʼlumotlarni kompaniyaning rasmiy veb-sayti va telegram kanalidan bilib olishi mumkin.
Ma'lumot uchun: ushbu stipendiya dasturi 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. O‘tgan o‘quv yillarida dasturda jami 5714 nafar talaba qatnashib, 70 ga yaqin iqtidor egalari g‘olib va faol ishtirokchi sifatida e’tirof etilgan.