Oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100 000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100 000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Thiel Fellowship — PayPal asoschisi, tadbirkor va investor Piter Til tomonidan tashkil etilgan 2 yillik dastur boʻlib, har yili 20-30 nafar yoshlarga oʻzining loyihasi/kompaniyasini yaratishga yordam beradi.

Ikki yil davomida manfaatli va oʻziga xos loyiha/kompaniya yaratish ustida ishlayotgan 22 yoshgacha boʻlgan yoshlarga $100 000 miqdorida grant ajratiladi. Dasturning asosiy sharti — agar nomzod dasturga qabul qilingan vaqtda, OTMda tahsil olayotgan boʻlsa, oʻqishini tashlashi va eʼtiborini loyihani rivojlantirishga qaratishi lozim

2 yillik dastur davomida ishtirokchilar mentorlik darslari, seminarlar, Silikon Vodiysi investorlari, tadbirkorlar bilan aloqa oʻrnatish(networking) imkoniyatini ham taqdim etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

“Thiel Fellowship dasturi sinfxonada oʻtirish oʻrniga, yangi gʻoyalar ustida ishlamoqchi boʻlgan yoshlarga $100 000 beradi.”

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda:

  • 22 yoshdan kichik boʻlish;
  • Biror manfaatli, oʻziga xos loyiha/kompaniya ustida ishlayotgan;
  • Agar universitetda tahsil olayotgan boʻlsa, dasturda ishtirok etish uchun oʻqishidan biroz muddat uzoqlashishga tayyor boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 2 yil davomida $100 000 miqdoridagi grant taqdim etiladi. Berilgan mablagʻni qaytarib toʻlash sharti mavjud emas, va jamgʻarma nomzodning loyiha/kompaniyasidan hech qanday ulush talab qilmaydi.
  • Nomzod loyihasini dunyoning istalgan qismida amalga oshirishi mumkin.

Dastur imtiyozlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu portal orqali onlayn ariza topshiriladi.

Portal orqali istalgan vaqtda roʻyxatdan oʻtib, arizani toʻldirish mumkin. Arizalar doimiy ravishda qabul qilinadi va munosib nomzodlar saralab olinadi.

Onlayn arizada nomzodlardan:

  • Umumiy aloqa maʼlumotlari;
  • Oʻz loyihasi haqidagi maʼlumotlar;
  • Loyihalar yaratish boʻyicha avvalgi tajribasi haqida soʻraladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.

Qo'shimcha ma'lumot

Murojaat uchun: hello@thielfellowship.org.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 22

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100 000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.