Pandemiya davri haqida 1000 ta so'zli insholar tanlovi. G'oliblar $100 dan $300 gacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Pandemiya davri haqida 1000 ta so'zli insholar tanlovi. G'oliblar $100 dan $300 gacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Biopage sahifasi insholar tanlovini eʼlon qiladi. Karantin davrida roʻy bergan qiziq voqea aks etgan istalgan mavzudagi insho bilan ishtirok etishingiz mumkin. Bu voqea siz uchun katta ahamiyatga ega va hayotingizda muhim oʻrin tutgan boʻlsa yanada maqsadga muvofiq boʻladi. Masalan, pandemiya davridagi oʻzgarishlar, jumladan, onlayn oʻqish, boʻshab qolgan koʻchalar, qiynalgan oilalar yoxud oʻz oila aʼzolari kasallikka chalingan paytda koʻrgan qiyinchiliklari haqida yozilgan boʻlishi kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Insho uchun qoʻyilgan talablar:

  • Insholar ingliz tilida yozilgan boʻlishi va pandemiya davridagi hayot yoritib berilgan boʻlishi lozim
  • Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 soʻzdan) oshmasligi kerak

Imtiyozlar va qulayliklar

Mukofotlar:

  • Tanlovda eng koʻp ovoz yigʻgan nomzod $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi bosqichlarni bajarishi lozim:

  • Avval biopage.com saytdan roʻyxatdan oʻting va profil ochib oʻzingiz haqingizda ingliz tilida qisqa tarjimayi hol yozing
  • “Update” tugmasini bosing va inshoyingizni sarlavha va mavzuga oid rasm yoki video bilan birga joylang. Teg qoʻyayotganda “writing contest” tagidan foydalaning. Ushbu sahifaning havolasini nusxalab oling
  • Ushbu sahifadagi “Enter the Contest” tugmasini bosib nusxalangan havolani shu yerga joylang va doʻstlarga tarqating.

Eng koʻp ovoz yigʻgan sifatli ishlar tanlovda gʻolib boʻladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Avvalgi tanlov gʻoliblari va ularning ishlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga kiring.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Pandemiya davri haqida 1000 ta so'zli insholar tanlovi. G'oliblar $100 dan $300 gacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi
29 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.