Tavsif
Youth Diplomatic Academy (YDA) tomonidan tashkil etiluvchi Global Youth Diplomacy Forum — Paris Edition 2026 — diplomatiya, siyosatshunoslik va xalqaro boshqaruv sohasida faoliyat yuritmoqchi bo'lgan 16–35 yoshdagi yoshlar uchun mo'ljallangan xalqaro forum hisoblanadi. Tadbirda ishtirokchilar diplomatlаr va siyosat ekspertlari bilan bevosita muloqot olib boradi, interaktiv simulyatsiyalar va muhokamalar orqali haqiqiy diplomatik jarayonlarni o'rganadi.
Forum uch asosiy mavzu atrofida qurilgan:
Understanding Diplomacy in the Contemporary Era — zamonaviy diplomatiyanining shakllari: ommaviy, raqamli va ko'ptaraflama diplomatiya;
Youth Inclusion in Policy and Decision-Making — yoshlarning siyosiy jarayonlarga qo'shilish yo'llari va to'siqlari;
Digital Diplomacy and Global Influence — raqamli platformalarning xalqaro ta'sir va advokasiyaga ta'siri.
Forum 2026-yil 25–27-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tadi. Jami 70 ta moliyalashtirilgan o'rin mavjud: 30 tasi to'liq, 40 tasi qisman moliyalashtiriladi. Shuningdek, virtual ishtirok va to'lovli bevosita qatnashish imkoniyatlari ham taqdim etiladi.