Tavsif
Grant maqsadi - iqtidorli yoshlarni saralab olib, ularni dasturlash boʻyicha mutaxassisga aylantirish va ish bilan taʼminlash. Shuningdek, loyihaning eng muhim vazifasi sifatida katta startaplarni boshqara olish kabi yuqori salohiyatga ega, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan qarorlar chiqara oluvchi yoshlarni tarbiyalash belgilangan.
“Unicorn” loyihasi boʻyicha yoshlarni nafaqat oʻqitish, balki IT olamiga olib kirish va ularga yoʻnalish berish orqali katta loyihalarga qoʻl urishida boshlangʻich yoʻlni yaratib berish koʻzda tutiladi.
Grant dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlgan iqtidorli yoshlarga tanlov asosida akademiyada bootcamp shaklida taʼlim olish uchun sarmoya ajratilishini nazarda tutadi. Grant miqdori tanlangan yoʻnalish boʻyicha bootcamp kursi toʻlovlarining toʻliq summasi bilan barobar boʻladi.