PDP Academy Bootcamp kurslarida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi “Unicorn” grant loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Avg, 2021 · Muddat tugagan

PDP Academy Bootcamp kurslarida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi “Unicorn” grant loyihasi

To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

PDP Academy Bootcamp kurslarida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi “Unicorn” grant loyihasi

Grant maqsadi: iqtidorli yoshlarni saralab olib, ularni dasturlash boʻyicha mutaxassisga aylantirish va ish bilan taʼminlash. Shuningdek, loyihaning eng muhim vazifasi sifatida katta startaplarni boshqara olish kabi yuqori salohiyatga ega, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan qarorlar chiqara oluvchi yoshlarni tarbiyalash belgilangan.

“Unicorn” loyihasi boʻyicha yoshlarni nafaqat oʻqitish, balki IT olamiga olib kirish va ularga yoʻnalish berish orqali katta loyihalarga qoʻl urishida boshlangʻich yoʻlni yaratib berish koʻzda tutiladi.

Grant dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlgan iqtidorli yoshlarga tanlov asosida akademiyada bootcamp shaklida taʼlim olish uchun sarmoya ajratilishini nazarda tutadi. Grant miqdori tanlangan yoʻnalish boʻyicha bootcamp kursi toʻlovlarining toʻliq summasi bilan barobar boʻladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • IT sohasiga kirish ishtiyoqiga ega 18-28 yoshlar oraligʻidagi barcha iqtidorli yoshlar qatnashishlar mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha Bootcamp kurslarida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati;
  • Kursni tamomlaganingizdan soʻng IT kompaniyalarda ish bilan taʼminlanish kafolati beriladi.

Topshirish jarayoni

“Unicorn” grantiga talabgorlar tanlovda qatnashish uchun 1-sentyabrgacha onlayn tarzda arizani toʻldirishi talab etiladi.

Kerakli hujjatlar bilan batafsil bu yerda tanishing: https://www.pdp.uz/requirements-unicorn

Grantlar uchun ishtirokchilarni saralashda asosan nimalarga eʼtibor qaratiladigan jihatlar:

  1. Ingliz tili (English)
  2. Matematika (Math)
  3. Muloqot koʻnikmalari (Communication skills)
  4. Qadriyatlar
  5. Muammolarga yechim topa olish (Problem solving)
  6. Liderlik (Leadership)
  7. Oʻz ustida ishlay olishi (Self-study)

Qo'shimcha ma'lumot

“Unicorn” taʼlim granti uchun talabalar ikki fazada saralab olinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar 1-sentyabrgacha boʻlgan muddat ichida uzluksiz holda qabul qilinadi.

Ariza yuborish

Ushbu muddatning yarmi, yaʼni 20-avgustgacha boʻlgan muddat tanlovning 1-fazasi hisoblanadi. Har ikki fazada ham grantga talabgorlar orasida oʻtkaziladigan tanlov 5 ta bosqichda amalga oshiriladi. Quyida tanlov bosqichlari haqida batafsil maʼlumot keltirilgan:

1.Application (Ariza topshirish)

  • 20-avgustgacha (1-faza) qabul qilingan arizalar koʻrib chiqiladi va saralanadi. Tanlangan talabgorlarga keyingi bosqichga oʻtgani haqida xabar beriladi.
  • Shuningdek, 21-avgustdan 1-sentyabrgacha (2-faza) boʻlgan vaqt oraligʻida ariza yuborgan ishtirokchilar ham saralanadi.

2. Video Interview (Video orqali suhbat)

  • 2-bosqichga oʻtgan ishtirokchilar bilan Zoom yoki Telegram video qoʻngʻirogʻi orqali suhbat oʻtkaziladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash. IELTS 5.5+ yoki aniq fanlar boʻyicha tuman, shahar va viloyat olimpiadalarida ishtirok etgan talabgorlar toʻgʻridan-toʻgʻri 3-bosqichga oʻtadi.

3. Exam (Imtihon)

  • 17-avgustdan 19-avgustgacha 3-bosqichga oʻtganlar orasida PDP Academy binosida imtihonlar oʻtkaziladi. Umumiy imtihon natijalari 23-avgustda eʼlon qilinadi.
  • Shuningdek, 2-faza uchun saralangan ishtirokchilar ham sentyabr oyining birinchi haftasida imtihonga chaqiriladi.

4. Interview (Suhbat)

  • 23-avgustdan boshlab keyingi bosqichga oʻtgan har bir ishtirokchi bilan PDP Academy binosida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat hayʼat aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi va 10 daqiqa davom etadi. Keyingi bosqichga oʻtganlar darslarga qoʻyiladi.
  • Shuningdek, 2-faza ishtirokchilari orasida ham sentyabr oyining ikkinchi haftasida suhbat oʻtkazilib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar darslarda qatnashishlari mumkin boʻladi.

5. Trial Month (Sinov oyi)

  • 6-sentyabrdan boshlab grant yutib olganlar uchun darslarga start beriladi (1-faza). 1 oy davomida Foundation kursi oʻqitilib, ushbu vaqt sinov muddati hisoblanadi. Sinov muddati xulosasi va mentor tavsiyasiga asosan, talabalar bu bosqichdan oʻtgan yoki oʻtmaganligi belgilanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 28

O‘zbekiston PDP Academy Bootcamp kurslarida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi “Unicorn” grant loyihasi
31 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.