Tavsif
“Zamonaviy jamiyatning faoliyati uning muhim funksiyalarini bajaradigan institutlar — korxonalar, universitetlar, kasalxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, kasaba uyushmalari, hukumat va boshqa fuqarolik tashkilotlari faoliyatiga bogʻliq”, — deya yarim asr oldin taʼkidlagan edi Piter Druker.
Bugungi kunda Piter Drukerning insonga yoʻnaltirilgan boshqaruv falsafasini yosh avlod ongida saqlab qolish uchun Peter Ducker Society Europe tashkiloti International Drucker Challenge Essay Contest — Xalqaro Drucker Challenge insholar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov butun dunyo boʻylab millati, dini, irqi va jinsidan qatʼiy nazar 18 dan 35 yoshgacha boʻlgan barcha talabalar va yosh professionallar uchun ochiq.
Tanlovda nomzodlar tomonidan yozilgan, ilmiy izlanishlarga asoslangan shaxsiy hikoyaviy insholar bilan qatnashish mumkin.
Tanlov 2 xil kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
Ikkala kategoriya gʻoliblari mos ravishda pul mukofotlari, Drucker Forumida qatnashish uchun bepul chipta, maxsus eʼtirof mukofoti hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Forumda qatnashish uchun sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan sayohat jarayoni va siyosati tamoyillariga koʻra qoplanishi koʻzda tutilgan.
Forum 2026-yil 4- va 5-noyabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.