Tavsif
ILEM International Summer School — turli sohalardagi akademiklar, tadqiqotchilar va yosh olimlarni birlashtirgan holda islom olamiga tegishli asosiy masalalarni muhokama qilish uchun forumdir.
Yozgi dastur ICYF, YTB, FSMV universiteti, ILM, IRCICA va Oranje Instituti kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
2023-yilda boʻlib oʻtadigan ILEM yozgi maktabining asosiy mavzusi — Rethinking Art and Aesthetics in the Islamic World: Concepts, Theories, and Practices.
Shuningdek, dastur islom olamiga aloqador 25 ta kichik mavzuni (IISS-8 Topics) ham oʻz ichiga oladi.
Yozgi maktabning bu yilgi mavsumida uchta asosiy nuqtayi nazardan islom olamiga tegishli masalalarni muhokama qilishga eʼtibor beriladi:
- Konseptual nuqtayi nazardan;
- Nazariy munozaralar asosida;
- Ijtimoiy-siyosiy qarashlar asosida.
Yozgi maktab 2023-yil 24-iyuldan 30-iyulgacha Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturda barcha davlatlarning PhD bosqichi talabalari va yosh olimlari ishtirok eta oladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.
Yozgi maktabda boʻlib oʻtadigan barcha seminar, maʼruza va suhbatlar ingliz tilida oʻtkaziladi.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil 1-may.
ILEM International Summer School dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.