Tavsif
The Reagen-Fascell Democracy Fellowship dasturi AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan va kongressmen Dante Fassel sharafiga nomlangan boʻlib, fan nomzodlari, demokratiya faollari, huquqshunoslar, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati rahbarlari uchun moʻljallangan xalqaro almashinuv dasturidir.
Dasturda qatnashish orqali dunyoning turli burchaklaridan kelgan olimlar, demokratiya faollari, jurnalistlar demokratiya boʻyicha mustaqil tadqiqot olib borish uchun Vashingtondagi Milliy Demokratiya Jamgʻarmasida (NED) besh oy yashash va amaliyot qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur davomida qatnashchilar yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi. Shuningdek, Vashingtonga borish va kelish, turarjoy xarajatlari qoplab beriladi.
Dasturda ikki yoʻnalishdan birini tanlab qatnashish mumkin:
- Amaliyotchi yoʻnalishi (practitioner track)
- Ilmiy yoʻnalish (scholarly track)
Dastur quyidagi mavzularga oid seminarlar, davra suhbatlari, sayohatlar va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
- Jamgʻarma va uning asosiy institutlari faoliyati toʻgʻrisida bilimlarni shakllantirish;
- Sayohatlar va seminarlar orqali demokratiyaga oid taʼlimni taʼminlash;
- Shahar atrofidagi va undan tashqarida hukumat, nodavlat, akademik va ommaviy axborot vositalari bilan muloqot va oʻzaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
- Guruh sifatida hamkasblar oʻrtasida kollegiallik tuygʻusini rivojlantirish.
Bundan tashqari, ishtirokchilar dastur taklif qiladigan koʻplab norasmiy ijtimoiy va madaniy tadbirlarga, jumladan, sport tadbirlariga, muzeylarga, filmlarga borish imkoniga ega boʻladilar.
Dastur tili — ingliz tili.
Dastur uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil, 31-oktabr.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.