Tavsif
Oksford islom tadqiqotlari markazi (OCIS) besh va undan yuqori yillik tajribaga ega professional tadqiqotchilar uchun Chevening almashinuv dasturi ochiq ekanligini ma’lum qiladi.
2026-yilning oktabr oyida boshlanib, 5 oy davom etadigan dastur uchun 2025-yilning 7-oktyabriga qadar hujjat topshirish davom etadi.
Dastur davomida nomzodlar islom dunyosi, jumladan, islom tarixi va klassik islom fanlari, iqtisod va islomiy moliyani o'z ichiga olgan masalalarni Oksford Islom markazida olimlar davrasida muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, o‘zlari o‘rganayotgan mavzu yuzasidan Oksfordda tadqiqot o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi, bu bilan ular islom madaniyati va sivilizatsiyasi hamda zamonaviy musulmon jamiyatlari ilmiy akademiyasi doirasida doimiy muloqot va hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Biroq, olimlardan Buyuk Britaniyaga kelgunga qadar o‘zlari ishtirok etadigan ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish so‘raladi.