Tavsif
Piter Draker Challenge Xalqaro Insholar tanlovi har yili Yevropadagi Draker Jamiyati tomonidan tashkil etib kelinadi. Tanlovda talablar va menejment sohasining mutaxassislari qatnashishlari mumkin. Barcha ishtirokchilar orasidan 10 ta nomzod saralab olinadi. Birinchi oʻrin gʻoliblariga 1500 yevro pul mukofoti va Venada boʻlib oʻtadigan Piter Draker forumida qatnashish imkoniyati beriladi.
Tanlov maqsadi: Piter Drakerning insonlarni boshqarish falsafasini yosh avlod ongida saqlab qolish va u tugʻilib oʻsgan, taʼlim olgan joy – Vena shahrida butun dunyodan kelgan menejment sohasidagi yoshlarni tajribali va mashhur insonlar bilan fikr almashishlariga imkoniyat yaratish.