“Plug and Play Uzbekistan” innovatsion platformasidan “FoundHer” Markaziy Osiyo ayollar startap tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

“Plug and Play Uzbekistan” innovatsion platformasidan “FoundHer” Markaziy Osiyo ayollar startap tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Plug and Play Uzbekistan” innovatsion platformasi “FoundHer” ayollar startap tanloviga arizalarni qabul qilishni boshladi. FoundHer – bu startaplarni qoʻllab-quvvatlash dasturi hisoblanib, dastur davomiyligi 6 oyni tashkil qiladi. Dastur AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyoda tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish dasturi koʻmagida amalga oshiriladi. “Plug and Play Uzbekistan” ofisining asoschi hamkori IT Park Uzbekistan va Aloqabank hisoblanadi.

Tanlov quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  • jamoalar oʻz loyihalarini yoritib beradigan onlayn shaklni toʻldiradilar;
  • “Plug and Play Uzbekistan” vakillari dastur hamkorlari bilan birgalikda arizalarni baholaydilar va 20 ta startapni tanlaydilar;
  • tanlangan jamoalar 3 oylik akseleratsiya dasturidan oʻtadilar, u yerda ular mentorlik yordamini olishlari, turli sohalardagi yetakchi ekspertlarning seminarlariga kirishlari, xalqaro mutaxassislar bilan muloqot qilishlari mumkin boʻladi;
  • Demo Day, unda ishtirokchilar yakuniy loyihalarini taqdim etadilar va investorlar tarmogʻiga kirish imkoniga ega boʻladilar.

Maʼlumot uchun: “Plug and Play” korporativ innovatsion dasturlarni taklif qiladi va korporativ hamkorlarga oʻqitishdan tortib to amalga oshirishgacha boʻlgan innovatsion sayohatining har bir bosqichida yordam beradi. 2006-yilda tashkil etilganidan buyon “Plug and Play” dasturlari global miqyosda kengaydi va hozirda dunyoning 50 dan ortiq joylarida mavjud boʻlib, startaplarga Kremniy vodiysi va undan tashqarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan resurslarni taqdim etadi. 10 000 dan ortiq startap va 1400 ta rasmiy korporativ hamkorlar bilan kompaniya koʻplab sohalarda mukammal startap ekotizimini yaratdi. 2022-yilda “Plug and Play” Oʻzbekistonda oʻz ofisini ochdi va shu yilning bahor oyida istiqbolli startaplar uchun akseleratsiya dasturining birinchi toʻlqinini ishga tushirdi.

Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ayollar startaplari ishtirok etishi mumkin; 
  • Dasturda erkaklar ham qatnashishi mumkin, biroq startap asoschilari orasida kamida bitta ayol boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (Sertifikat soʻralmaydi).

Eslatma: Barcha oflayn tadbirlar Toshkentda oʻtkaziladi. Shuning uchun nomzodlar Toshkentga kelish imkoniyatlarini hisobga olishlari lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gibrid formatda oʻtkaziladi hamda onlayn va oflayn tadbirlarda bepul ishtirok etish mumkin; 
  • Nomzodlar investorlar, mentorlar va “Plug and Play” ekspertlari tarmogʻiga kirish imkoniga ega boʻladilar;
  • Yevropadan yuqori darajali mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan seminarlar va turli tadbirlarda qatnashishlari mumkin;
  • Gʻoliblar venchur mablagʻlari bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Oxirgi muddat: 10-iyun, 2023-yil;
  • Email: info@it-park.uz 
  • Tel: +998 71 209 11 99.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Plug and Play Uzbekistan” innovatsion platformasidan “FoundHer” Markaziy Osiyo ayollar startap tanlovi
09 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.