Polshada magistraturada oʻqish uchun Polsha hukumati tomonidan toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi — Banach Nawa Programme
Polsha Polsha
08 May, 2026 · Muddat tugagan

Polshada magistraturada oʻqish uchun Polsha hukumati tomonidan toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi — Banach Nawa Programme

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

BANACH NAWA PROGRAMME grant dasturi rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolariga Polshada magistratura kurslarida oʻqish uchun stipendiya taklif qilish orqali ushbu davlatlar fuqarolarining taʼlim darajasi va kasbiy malakasini oshirish hamda davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Dastur Taʼlim va Fan vazirligi tomonidan boshqariladigan, ingliz va polyak tillarida yuritiluvchi universitetlarda magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant taqdim etadi. Dastur Polsha Tashqi Ishlar Vazirligi hamda Polsha Akademik Almashinuvi Milliy Agentligining qoʻshma tashabbusi hisoblanadi.

Darslar 2026-yilning oktyabr oyidan boshlanadi.

Dastur doirasida belgilangan universitetlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Roʻyxatda keltirilgan davlatlardan birining fuqorosi boʻlish. Oʻzbekiston bu davlatlar qatorida bor;
  • Ingliz tilidan B2 yoki Polyak tili boʻyicha minimum A2-B1 darajaga ega boʻlish (tanlangan taʼlim shakliga qarab farq qiladi);
  • Magistratura diplomiga ega boʻlmaslik;
  • Polsha fuqaroligiga ega boʻlmagan va Polsha fuqaroligini uchun ariza bermagan;
  • 2026/27 oʻquv yili uchun magistraturaga kirishni rejalashtirayotgan.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Davlat universitetlarida oʻqish toʻlovlaridan ozod boʻlish;
  • Oyiga 2500 PLN ($679) stipendiya;
  • Polshaga safar xarajatlari qoplab beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga arizalar qabuli 2026-yil 8-maygacha yoki har bir davlat uchun berilgan kvota to’lguniga qadar davom etadi. 

Hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Pasport;
  • Bakalavr diplomi:
    • Agar diplomda oʻrtacha baho koʻrsatkichi boʻlmasa, NAWA uni diplomda yoki ilovada koʻrsatilgan baholarga qarab belgilaydi.
    • Arizani topshirish paytida bakalavr bosqichining oxirgi kurs talabalari boʻlgan nomzodlar oʻrtacha baho koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ariza topshirgan kunga qadar skanerlab topshirishlari kerak
    • Hujjat topshirayotganda hali bakalavr diplomini olmagan nomzodlar tugatganligi toʻgʻrisida universitet tomonidan berilgan sertifikati va olingan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichlarining skanerini taqdim etadilar.
    • Yuqoridagi sertifikatlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
      • nomzodning toʻliq ismi
      • oʻrtacha baho (oʻrtacha oʻnlik kasrga yaxlitlangan oʻrtacha baho)
      • yakunlangan baholar bilan tugatilgan kurslar roʻyxati (arifmetik boʻyicha oʻrtacha bahosi)
      • sertifikat beruvchi universitet nomi
      • sertifikat beruvchi universitetning muhri.
  • Polyak / ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat.
    • Polsha tili boʻyicha: polyak tilini minimal B1 darajasida bilishini tasdiqlovchi hujjat skaneri, masalan: til sertifikati, sertifikat / diplom yoki oʻrta maktabni yoki bakalavr bosqichini polyak tilida tugatganligini tasdiqlovchi hujjat
    • Ingliz tili boʻyicha: Ingliz tilini minimal A2-B1 darajasida bilishini tasdiqlovchi hujjat skaneri (ariza topshirilgan kunga qadar yaroqli boʻlishi kerak; ushbu Koʻrsatmada tan olinadigan sertifikatlar roʻyxati) Ingliz tili rasmiy til boʻlgan mamlakat fuqarolari ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishdan ozod qilinadi
  • Agar maʼlumotlar polyak yoki ingliz tilidan boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, polyak yoki ingliz tillariga tarjima talab qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Natijalar 2026-yilning Iyul oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Aloqa uchun: (Programme Coordinator) banach@nawa.gov.pl

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Pоlyak tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5

Polsha Polshada magistraturada oʻqish uchun Polsha hukumati tomonidan toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi — Banach Nawa Programme
08 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.