Polshada grant asosida tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi maxsus dastur — Ulam NAWA 2025 Programme
Polsha Polsha
12 May, 2025 · Muddat tugagan

Polshada grant asosida tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi maxsus dastur — Ulam NAWA 2025 Programme

Postdoktorantura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Butun dunyo boʻylab barcha yetakchi tadqiqotchilar uchun Polshada tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi Ulam NAWA 2025 programme dasturi taqdim etiladi. Grant uchun ajratilgan umumiy mablagʻ PLN 13,000,000 (~$3,400,000) ni tashkil etadi.

Dasturdan asosiy maqsad Polsha universitetlari va ilmiy muassasalarini xalqarolashtirish va jamiyatda yangilik qilishga qodir tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Dastur 6 oydan 24 oygacha davom etishi rejalashtirilgan. Rezidentlik 2026-yil 1-fevraldan boshlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Butun dunyodan istalgan sohada doktorlik darajasiga ega tadqiqotchilar qatnashishi mumkin (ariza topshirish muddati yakuniga qadar doktorlik darajasiga ega boʻlish shart);
  • Dastur davomida Polsha ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqot loyihasini amalga oshirishi, amaliyot oʻtashi hamda tadqiqot va nashr qilish uchun material yigʻishi kerak;
  • Chet eldagi universitet yoki ilmiy/tadqiqot markazida ishlayotgan boʻlishi, yoki soʻnggi ish joyi chet eldagi universitet yoki ilmiy/tadqiqot markazida boʻlib, u 2024-yil 31-avgustdan keyin yakunlangan boʻlishi lozim. Agar doktorlik darajasi 2024-yil 31-avgustdan keyin olingan boʻlsa, ish joyiga ega boʻlish shart emas;
  • Tanlov jarayoni tugashidan avvalgi 3 yil ichida Polshada ishlamagan yoki oʻqimagan va Polshada ketma-ket 3 oydan ortiq yashamagan boʻlishi kerak;
  • Tanlov eʼlon qilingan sanadan oldingi 5 yil ichida quyidagilardan kamida 3 ta yutuqqa ega boʻlishi zarur:
    • Scopus, Science Citation Index Expanded, Social Sciences Citation Index, Arts & Humanities Citation Index kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida roʻyxatga olingan jurnallarda ingliz tilida bosh muallif sifatida eʼlon qilingan maqola;
    • Ingliz tilida yozilgan, koʻrib chiqilgan ilmiy monografiya;
    • DBLP Computer Science Bibliography xalqaro bazasida indeksatsiya qilingan, Computing Research and Education Association of Australasia (CORE) roʻyxatiga kiritilgan xalqaro konferensiya materiallarida ingliz tilida eʼlon qilingan maqola;
    • Web of Science Core Collection yoki Scopus bazasida indeksatsiya qilingan xalqaro konferensiya materiallarida ingliz tilida eʼlon qilingan maqola;
    • Agar nomzodning sohasi sanʼat fanlari (art sciences) boʻlsa, asarlarini chet eldagi muassasa yoki ilmiy markazda namoyish etganlik yoki xalqaro tanlovda mukofot olganligi tasdiqlanishi zarur.

Muhim: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Shuning uchun tadqiqot universitetining ichki talablariga ham mos boʻlish lozim.

Agar nomzodga Mari Skłodowska-Curie Actions Postdoctoral Fellowships dasturi orqali Seal of Excellence sertifikati berilgan boʻlsa, ushbu sertifikat uning arizasining sifatini tasdiqlovchi sifatida tan olinadi.

Polshadagi tadqiqot universitetlari va olib borilayotgan tadqiqotlar haqida qoʻshimcha bu yerda.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Oyiga PLN 11,500 (~$3,000) miqdorida moliyaviy yordam beriladi;
  • Sayohat xarajatlari uchun bir martalik PLN 3,000 (~$800) miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi (Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun);
  • Farzandi bor nomzodlarga oyiga PLN 2,000 (~$530) miqdorida nafaqa beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Umumiy maʼlumotlar;
  2. Nomzod haqida umumiy maʼlumotlar;
  3. Talabgorning erishgan yutuqlari;
  4. Nomzodga mezbonlik qilayotgan universitet haqida maʼlumotlar;
  5. Loyiha haqida maʼlumot;
  6. Loyihaning byudjeti haqida maʼlumot;
  7. Dastur haqida qayerdan maʼlumot topgani haqida maʼlumot.
  8. Ariza yakunida nomzod barcha kiritgan maʼlumotlarning haqqoniyligini va yolgʻon ishlatgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida xabardorligini tasdiqlaydi.

Muhim: Ariza va unga qilingan qoʻshimcha ilovalar ingliz tilida boʻlishi kerak. Doktorlik diplomining nusxasini polyak tilida topshirishga ruxsat berilgan.

Ariza shakli bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 10-fevraldan 12-maygacha (18:00);
  • Natijalar 2025-yil 30-noyabrda eʼlon qilinadi;
  • Kerakli ilovalar haqida bu yerda;
  • Email: ulam@nawa.gov.pl.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Pоlyak tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Polsha Polshada grant asosida tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi maxsus dastur — Ulam NAWA 2025 Programme
12 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.