Polshadagi Vistula Universitetida bakalavriat va magistratura bosqichini oʻqish uchun 100% lik Vistula Merit Scholarship grant dasturi
Polsha Polsha
20 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Polshadagi Vistula Universitetida bakalavriat va magistratura bosqichini oʻqish uchun 100% lik Vistula Merit Scholarship grant dasturi

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Polshaning Vistula Universiteti barcha sohada bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish uchun Vistula Merit Scholarship dasturini eʼlon qiladi.

Grant Vistula universiteti va Vistula Hospitality maktabida oʻqish va elchi sifatida ishlashni istagan iqtidorli talabalarga taqdim etiladi. Polsha fuqarosi boʻlmagan va ingliz tilini kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng darajada bilgan nomzodlar ariza berishi mumkin.

Har yili 70 ta talabaga grant yutish baxti nasib qiladi. Grant yutganlar birinchi oʻqish yili kontrakt toʻlovidan toʻla ozod qilinadilar.

2025-yil bahorgi semestr uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 21-yanvargacha davom etadi. Kurslar 2025-yil mart oyidan boshlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod Polsha fuqarosi boʻlmasligi kerak;
  • Yuqori akademik natijalarga (kamida GPA 90% boʻlishi) ega boʻlishi hamda oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarda faol boʻlishi lozim;
  • Kamida FCE, CAE yoki IELTS 6.0; TOEFL 79 til sertifikati talab qilinadi;
  • Vistula Universiteti Merit Scholarship uchun ariza bergan boʻlishi kerak.

Ushbu havola orqali dastur talablari haqida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Qabul qilingan nomzodlar kontrakt pulidan 100% ozod qilinadi.

Muhim: Grant birinchi oʻquv yilga beriladi. Keyingi yillar uchun kontrakt pulidan ozod qilinishi talabaning aʼlo baholari va darsdan tashqari mashgʻulotlardagi faolligiga qarab belgilanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Motivatsion xat;
  • Roʻyxatdan oʻtish uchun toʻlov amalga oshiriladi (€25);
  • Vistula Universiteti yoki Visula Hospitality maktabidagi ingliz tilidan oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshiriladi;
  • Vistula Merit Scholarship qoidalariga rozilik beriladi;
  • Nomzodlardan qoʻshimcha intervyu ham olinishi mumkin.

Muhim: Hujjatlar ingliz va polyak tillarida topshirilishi mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Polsha Polshadagi Vistula Universitetida bakalavriat va magistratura bosqichini oʻqish uchun 100% lik Vistula Merit Scholarship grant dasturi
20 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.