Tavsif
Polshaning Silezian Texnologiya universiteti (the Silesian University of Technology) yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega xalqaro talabalarga texnologiya sohasida bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish uchun grantlarni eʼlon qiladi.
Dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega maktab, universitet va boshqa muassasa bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. Saralash davomida nomzodning akademik koʻrsatkichlari, yozilgan tavsiyanoma mazmuniga alohida urgʻu beriladi. Dastur gʻoliblariga 21,000 PLN (Polsha zloty) miqdoridagi grant taqdim etiladi.
Universitetda yozgi semestrda oʻqish uchun 31-martgacha yoki qishki semestrda oʻqish uchun 31-oktyabrgacha ariza topshirish mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.