Pre Collegiate Programming Olympiad — Akfa Universiteti tomonidan maktab/litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun dasturlash musobaqasi; sovrin jamgʻarmasi 22 million soʻm
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 May, 2022 · Muddat tugagan

Pre Collegiate Programming Olympiad — Akfa Universiteti tomonidan maktab/litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun dasturlash musobaqasi; sovrin jamgʻarmasi 22 million soʻm

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Pre Collegiate Competitive Programming Olympiad — Akfa Universiteti(AU) 14-15-may kunlari dasturlash boʻyicha musobaqa tashkil qiladi.

Raqobatli dasturlash(competitive programming) — bu intellektual sport boʻlib, unda ishtirokchilar algoritmik muammolarni hal qilish uchun kompyuter dasturlarini kodlaydilar. Bu ishtirokchilar oʻrtasida hamkorlik, ijodkorlik, innovatsiya va bosim ostida ishlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Olimpiada 2ta bosqichdan iborat:

1. Ochiq saralash – olimpiadaning birinchi bosqichi. Ushbu bosqichda ishtirok etish maxsus forma orqali roʻyxatdan oʻtgan har bir kishi uchun ochiq! 14-may, shanba kuni soat 16:00 da onlayn tarzda codeforces.com platformasida oʻtkaziladi va 60 daqiqa davom etadi.

Eslatma: Ishtirokchilar olimpiadada ishtirok etish uchun maxsus ariza shakli orqali roʻyxatdan oʻtishdan avval codeforces.com platformasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi shart.

2. Final – olimpiadaning yakuniy bosqichi. Ochiq saralash bosqichidan kamida 3 ta muammoni yecha olgan eng yaxshi 84 ishtirokchi final bosqichiga yoʻl oladi. 15-may, yakshanba kuni soat 10:00-17:00 oraligʻida AKFA universiteti kampusida oflayn tarzda oʻtkaziladi.

Olimpiada ingliz tilida oʻtkaziladi.

Rasmiy eʼlon orqali batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Olimpiadada faqat:

  • maktab bitiruvchilari;
  • litsey bitiruvchilari;
  • abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

Rasmiy eʼlon orqali batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Musobaqa gʻoliblari Akfa Universitetida IT yoʻnalishida oʻqish uchun quyidagi miqdordagi grantlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 10 million soʻm.
  • 2-oʻrin: 7 million soʻm.
  • 3-oʻrin: 5 million soʻm.

Shuningdek, yakuniy(final) bosqichida kamida 3ta masalani bajara olgan ishtirokchilar Akfa Universitetida IT yoʻnalishida oʻqish uchun qabul qilinadi.

Topshirish jarayoni

Olimpiada birinchi bosqichida ishtirok etish uchun 14-may soat 13:00 gacha ushbu ariza shakli orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Birinchi bosqichdan saralangan ishtirokchilar, yakuniy(final) bosqichida ishtirok etishadi.

Rasmiy eʼlon orqali batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar bilan acm.club@akfauniversity.org elektron pochta manzili orqali bogʻlanish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Pre Collegiate Programming Olympiad — Akfa Universiteti tomonidan maktab/litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun dasturlash musobaqasi; sovrin jamgʻarmasi 22 million soʻm
14 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.