Tavsif
President AI Award — Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalariga yoʻnaltirilgan, davlat, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sanoat va yashil iqtisodiyotdagi real muammolarni hal qiluvchi innovatsion startaplar uchun tashkil etilgan milliy tanlov va akseleratsiya dasturidir. Dasturning umumiy mukofot jamg’armasi — 1 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.
Dasturning asosiy maqsadi mamlakatimizda AI innovatsiyalarini, yoshlar ishtirokini hamda mahalliy IT va venchur ekotizimini rivojlantirishdan iborat. Ishtirokchilar oʻzlarining prototiplarini investitsiyaga tayyor startaplarga aylantirish uchun intensiv bosqichlarda qatnashadilar.
Akseleratsiya dasturi doirasida startap loyihalarni rivojlantirish uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
1:1 mentorlik: Tajribali asoschilar va soha ekspertlari bilan individual ishlash imkoniyati;
Startap akseleratsiyasi: Mahsulot, GTM (go-to-market) va oʻsish koʻrsatkichlarini (traction) yaxshilash uchun intensiv sprintlar;
Ekspert konsultatsiyalari: Talab boʻyicha yuridik, moliyaviy va texnik maslahatlar berilishi;
Investorlar tarmogʻi: Venchur fondlari va biznes-farishtalar (angel investors) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish;
Maxsus treninglar: Pitching, fundraising va biznesni kengaytirish (scaling) boʻyicha amaliy workshoplar.