Tavsif
Intellektual olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Intellektual olimpiadaga taʼlim yoʻnalishidan qatʼi nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida taʼlim olayotgan) talabalari jalb etiladi.
Olimpiada ishtirokchilari 6 turdagi oʻyinda bellashishadi.Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari — “Zakovat”, breyn-ring, shaxsiy oʻyin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 oʻgʻil) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 oʻgʻil) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.
1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yoʻllashi lozim boʻladi.Olimpiada joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.