Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi
Xitoy Xitoy
30 Mar, 2025 · Muddat tugagan

Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Davlat siyosatiga katta qiziqish va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari uchun AsiaGlobal Fellows dasturi taqdim qilinadi. Dastur Osiyo nuqtai nazaridan global muammolarni chuqurroq tushunadigan mutaxassislarni  o‘qitishga qaratilgan. 

AsiaGlobal Fellows dasturi davomida Gonkong va butun dunyo bo‘ylab akademik, siyosat, biznes va fuqarolik jamiyati rahbarlarining haftalik ma’ruzalari va muhokama sessiyalari bo‘lib o‘tadi. AGI yetakchilarga o‘z vaqtida va muhim masalalarni xabardor va xolisona o‘rganish uchun platformalar taqdim etadi. Uning tadqiqotlari va dasturlari Osiyo va undan tashqarida xalqaro akademiklar, amaliyotchilar va siyosatchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Ishtirokchilar AGI tarmog‘i orqali ushbu global mutafakkirlar va fikr yetakchilari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  Dastur avgustdan noyabrgacha davom etadi. 

Arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 31-martgacha davom etadi. 

Dasturning tuzilishi va maqsadi haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturga nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • 8 yildan 25 yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Siyosat, fuqarolik jamiyati hamda tadbirkorlikda faol bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishi;
  • Osiyo Tinch okeani mintaqasiga hamda global muammolarga yechim topishga alohida qiziqish bildirishi;
  • Nomzod o‘z tashkiloti, jamiyati hamda butun dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini namoyon qila olishi;
  • Irqi, jinsi yoki  qat’i nazar barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladilar.

Dastur maqbullik shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • Ba’zi ishtirokchilar uchun borib-kelish xarajatlari qoplanishi mumkin;
  • Turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • Oylik stipendiya beriladi.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng nomzodning elektron manziliga login va parol yuboriladi va shu orqali so‘ralgan hujjatlar bilan  arizani to‘ldirish so‘raladi.

  • Ariza to‘ldirishda quyidagilar so‘raladi:
  • Pasport o‘lchamidagi rasm(oxigi olti oy ichida tushgan bo‘lishi kerak)
  • CV;
  • Avtobiografiya;
  • 3 ta tavsiyanoma beruvchilarning kontakt ma’lumotlari (tavsiyanoma beruvchilar nomzodga qarindosh bo‘lmagan, lekin shaxsan biladigan, kasbdosh shaxslardan bo‘lishi kerak);
  • Nomzodning erishgan yutuqlari;
  • Nomzodning Asia Global Fellow da qatnashishdan maqsadi va hayotdagi maqsadi yoritilgan qisqacha bayoni;
  • Nomzodning Asia Global Fellows dasturiga va kengroq ma’noda Gongkong Universitetiga  qanday hissa qo‘sha olishi haqida;
  • Asia Global Fellowsga qabul qilinganlardan dastur davomida ilmiy ish yozish talab qilinadi shuning uchun nomzodlardan  tadqiqot olib bormoqchi bo‘lgan ishining  asosiy ma’lumotlarini kiritish so‘raladi;
  • Baholash davrida saralangan nomzodlardan onlayn intervyuda qatnashish so‘raladi. Muvaffaqiyatli nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Muvaffaqiyatli nomzodlarga tegishli tartiblarni amalga oshirish uchun yetarli vaqt berish uchun barcha harakatlar qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi
30 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.