Professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi tomonidan "FINTECH & VR" xakatoniga start berildi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi tomonidan "FINTECH & VR" xakatoniga start berildi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki qoʻllab-quvvatlashi va tijorat banklari, moliya texnologiya kompaniyalari va taʼlim muassasalari hamkorligida Bank-moliya akademiyasi tomonidan professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “FinTech & VR” Xakatoniga arizalar qabul qilish boshlandi.

Xakaton – maʼlum vaqt mobaynida dasturchilar biror loyiha ustida ishlashi koʻzda tutilgan tadbir. Bugungi kunda jahon dasturchilari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi kompaniya hamda taʼlim muassasalari xakaton tashkil etishadi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi musobaqa hisoblanadi. Virtual reallik (VR) va moliyaviy texnologiyalar (FinTech) ekspertlar tomonidan IT da eng istiqbolli yoʻnalishlar sifatida tan olinmoqda.

Xakatonning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalarga o‘quvchilarni qiziqishni orttirish va IT sohasidagi yetuk mutaxassislarni tanlab olish.

Xakatonda maktab oʻquvchilari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, professional mutaxassislar va yurtlarida IT sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin.

Xakaton boʻyicha asosiy maʼlumot:
• 2-oktyabr soat 10:00 da boshlanadi va 3-oktyabr soat 17:00 da tugaydi (onlayn)
• 5 kishilik jamoalar Xakamlar tomonidan qoʻyilgan vazifalarni yechadilar;
• Jamoalar ishi yakunida MVP taqdim qilishlari lozim (MVP – minimal ishlovchi dasturiy mahsulot);
• Gʻolib jamoalar qimmatbaho sovrinlar va eng asosiysi – Аvstraliya, АQSh, Germaniya, Rossiya va Qozogʻiston mentorlari ishtirokida 3 oylik Аkseleratsiya dasturida bepul ishtirok etadilar, dasturda muvaffaqiyatli qatnashgan startaplar chet el sarmoyasini jalb qilishlari mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Xakatonda maktab oʻquvchilari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻolib jamoalar qimmatbaho sovrinlar va eng asosiysi – Аvstraliya, АQSh, Germaniya, Rossiya va Qozogʻiston mentorlari ishtirokida 3 oylik akseleratsiya dasturida bepul ishtirok etadilar;
  • Dasturda muvaffaqiyatli qatnashgan startaplar chet el sarmoyasini jalb qilishlari mumkin.

Topshirish jarayoni

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov bo‘yicha telegram botga savollaringizni yuborishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi tomonidan "FINTECH & VR" xakatoniga start berildi
29 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.