Professional va havaskor fotograflar uchun Wiki loves monuments — 2023 xalqaro fotosuratlar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Okt, 2023 · Muddat tugagan

Professional va havaskor fotograflar uchun Wiki loves monuments — 2023 xalqaro fotosuratlar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekistonda ilk bor Wikimedia Foundation, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi koʻmagida oʻzbekzabon Wikimedia guruhi va Wikivoyage hamjamiyati tomonidan Wiki loves monuments — 2023 xalqaro fotosuratlar tanlovi tashkil etilmoqda.

Har yili oʻtkaziladigan Wiki loves monuments (Viki yodgorliklarni sevadi) xalqaro fotosuratlar tanlovining bu yilgi mavsumida Oʻzbekiston ham ishtirok etadi. Tanlov doirasida kamida 5 mingta Oʻzbekiston tarixiy obidalarining fotosurati yuklanishi hamda oʻzbek va rus tillarida 100 ta maqola yaratilishi reja qilinmoqda. 

Bu yilda hayʼat aʼzolari ikkita: peyzaj va makro yoʻnalishlari boʻyicha 15 ta fotosurat, har birida koʻpi bilan 10 ta fotosuratni tanlab oladi. Eng yaxshi ish mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad meʼmoriy meros va madaniy meros yodgorliklariga eʼtiborni qaratish, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdan iborat.

Maʼlumot uchun: Wiki loves monuments (WLM) — har yili kuzda butun dunyo boʻylab oʻtkaziladigan xalqaro fotosuratlar tanlovi hisoblanadi. Birinchi marta 2010-yilda oʻtkazilgan. Har yili tanlovda 40 dan ortiq dunyo mamlakatlari qatnashadi. Tanlov professional va havaskor fotograflarni tarixiy inshoot va diqqatga sazovor joylarni suratga olish uchun ragʻbatlantiradi.

Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Mazkur tanlovda barcha professional va havaskor fotograflar qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar joylagan fotosuratlarni oʻzi olgan boʻlishi hamda mualliflik huquqiga ega boʻlishi lozim;
  • Barcha ijodiy ishlar Oʻzbekistonda joylashgan madaniy meros obyektlari doirasida boʻlishi va 2023-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha boʻlgan oraliqda joylangan boʻlishi kerak. Ammo tanlov uchun istalgan vaqtda olingan rasmlarni joylash mumkin.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov g’oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. 

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 2023-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini suratga olib, Wikimedia Commons maxsus saytiga yuklashi lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Professional va havaskor fotograflar uchun Wiki loves monuments — 2023 xalqaro fotosuratlar tanlovi
31 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.