Tavsif
Buyuk Britaniyaning The University of Gloucestershire universiteti tashabbusi bilan oʻn yildan ortiq vaqtdan beri Cheltenham Illustration Award tanlovi oʻtkazilib kelinadi.
Tanlovda butun dunyo boʻylab 18 yoshdan oshgan barcha quyidagi ikki toifadan biri boʻyicha qatnashishi mumkin:
- Student (talabalar uchun).
- Emerging and established (allaqachon rassomchilik olamida dovruq qozongan va oʻz oʻrniga ega professional rassomlar uchun).
Tanlovga yuborilayotgan ishlar erkin tasavvurga asoslangan, muayyan voqelikni hikoya qila oluvchi, oʻtmish va kelajakni uygʻunlashtira olgan boʻlishi kerak. Tanlovda yakka tartibda ham, jamoa boʻlib ham qatnashish mumkin.
Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Tales of the Uncanny”
Professional ijodkorlar ishtirokidagi hakamlar hayʼati eng yuqori deb baholangan 60 ta ishni saralab oladi. Gʻolib deb topilgan ishlar Buyuk Britaniya boʻylab barcha mashhur galereyalarda namoyish etiladi hamda mualliflarga pul mukofoti beriladi.