Ishtirokchilar va nutqlarni saralash bosqichi:
- Tanlovda qatnashganlar orasidan 20 ta eng yaxshi ishtirokchi tanlab olinadi.
Ishtirokchilardan so‘raladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Ism
- Oʻqish joyi (agar mavjud boʻlsa)
- Telefon raqami
- Telegram raqami yoki telegramdagi foydalanuvchi nomi (username) (agar telefon raqamidan farq qilsa)
- Nutq yozilgan hujjatning PDF yoki Word nusxasi (qoʻlda yozilgan nutqlar yoki nutqlarning fotosuratlari qabul qilinmaydi)
Taqdim etish boʻyicha koʻrsatmalar:
Tanlov ishtirokchilari oʻz maʼlumotlari va nutqlarini quyidagi usullardan birida taqdim etishlari kerak:
1-usul
Nutqning yozilgan nusxasini yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan birga Telegram (@cgcowan_uzb2) orqali yuborish;
2-usul
Nutqining yozilgan nusxasini yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan elektron pochta orqali yuborish (cgcowan.uzb@gmail.com);
Eslatma: Elektron pochta orqali yuborilganda matn sarlavhasiga “Speech Contest Entry — Qarshi,” deb yozib qoldirish;
Ishtirok etish uchun ushbu google formani toʻldirish soʻraladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
Nutq tarkibi
- Nutq tushunishga osonligi
- Nutqda aniq, yagona gʻoyalar aks etganligi
- Fikrlar yoki gʻoyalar yaxshi yetkazib berilganligi
- Fikrlar ishtirokchining oʻziga tegishli boʻlishi
Umumiy maʼnoni yetkazib berish
- Ishtirokchi qanchalik ishonch bilan, oʻziga jalb qilib nutq soʻzlashi
- Nutqda fikrni yetkazib berish tezligi oʻrtacha tezlikda boʻlishi
- Koʻzga qarab gapira olishi, yuz ifodalari va imo-ishoralar qanchalik tabiiy chiqqani
Ingliz tilida gapira olish qobiliyati
- Ingliz tilida hech qanday ortiqcha urinishlarsiz oson tushuntira olishi
- Grammatik xatolar kamligi va ular maʼnoni yetkazib berishga xalaqit bermasligi
- Talaffuz aniq va xatolarsiz ekanligi
Tanlovga hujjat topshirgan, rasman qatnashishga ruxsat berilgan ishtirokchilar roʻyxati 2021-yil 1-noyabrda eʼlon qilinadi.