Qarshidagi “Amerika burchagi”dan maktab oʻquvchilari va talabalar uchun volontyorlik dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
10 Dek, 2022 · Muddat tugagan

Qarshidagi “Amerika burchagi”dan maktab oʻquvchilari va talabalar uchun volontyorlik dasturi

Volontyorlik Bepul ishtirok

Tavsif

Qarshidagi “Amerika burchagi” 2023-yil uchun moʻljallagan volontyorlik dasturini eʼlon qiladi.

P2P — Pear to pear dasturi volontyorlik dasturi boʻlib, uning asosiy maqsadi Qarshi shahridagi “Amerika burchagi”ni targʻib qilishda, ingliz tilini oʻrgatishda boshqalarga yordam berish.

Dastur qatnashchilari ikki hafta mobaynida yetakchilik boʻyicha maxsus treningdan oʻtadilar. Aholi oʻrtasida ingliz tilini oʻrgatishda va professional koʻnikmalarni shakllantirishda faol qatnashadilar, Amerika elchixonasining vakili sifatida harakat qiladilar. Shuningdek, boshqaruv bilan bogʻliq (administrativ) ishlarni tashkil etishda yordam berishadi.

Dastur haqida maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi 14-20 yosh orasidagi yuqori sinf oʻquvchilari yoki talabalar ariza berishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yetakchilik boʻyicha maxsus treningdan oʻtish, administrativ ishlarni tashkil etishda amaliy yordam berish va tajriba toʻplash;
  • Ingliz tilini oʻqitishda va professional koʻnikmalarni shakllantirishda atrofdagilarga yordam berish;
  • Amerika Elchixonasi vakili sifatida turli ijtimoiy tadbirlarda qatnashish.

Topshirish jarayoni

Arizani ushbu havola orqali topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Intervyu sanasi roʻyxatdan oʻtgan arizachilarga alohida email sifatida yuboriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Volontyorlik

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 20

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Qarshidagi “Amerika burchagi”dan maktab oʻquvchilari va talabalar uchun volontyorlik dasturi
10 Dek, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.